QUM OSTIDA QOLGAN MUHABBAT

By Nigora RAHMONOVA, in 2020

Chingiz Aytmatov qalamiga mansub mashhur «Asrni qaritgan kun» asari haqida gap ketganda ko‘pchilik Nayman ona hamda uning manqurt o‘g‘li Jo’lomonning takdiriga bag‘ishlangan xikoya ta’siridan qalbi junbishga kelganini so‘zlaydi. Ukuvchi sifatida men uchun e’tiborimni qaratishga loyiq topgan voqea bu asar qahramoni Edigey bilan Zarifa o‘rtasidagi sevgi hikoyasi bilan bog‘liq voqealar bo‘ldi.
Qiziq, biz insonga sevgi bir marta beriladi deymiz. Yo‘q, bu hukmni yozuvchi o‘zgartirishga harakat qilib ko‘radi. Ammo yozuvchining oila va nikohga bo‘lgan sobit qarashlari Edigeyning qalbidagi yoniq tuyg‘ularni cho‘l kumlari ostiga berkitishga majbur qiladi. Bir paytlar Edigey ayoli Ukkubolani ham Zarifadan kuchliroq sevsa sevganki kam sevmagan. Ammo sevgi eskirishi mumkinmi?... degan savol tug‘ilishi tabiiy kitobxonda. Edigey bo’ronli Zarifami sevganmi yoki unga bo‘lgan achinish xissi bora- bora muhabbatta aylanganmi? Bu haqiqatan jumboq. Ammo bu jumboqni Edigeyni o‘zi yechadi. Ya’ni uning Zarifaning o‘g‘illari Ermak va Dovulga bo‘lgan mehridan ham sevgisi sof ekanini sezish mumkin. Faqat bir ayolni chinakam sevgan erkakkina uning bolalarini ham yaxshi ko‘ra oladi. Demak, Edigeyning Zarifaga bo‘lgan sevgisi aytishga, yozishga va kuyunishga, iztirob chekishga arzirli. Edigey Zarifaning eri Abutolibni ham yaxshi ko‘radi, hurmat qiladi, unga chin dildan yordam bergisi keladi. Bu urinishlarning barchasi Zarifaga bo‘lgan uning talpinishidan dalolat. Bu sevgining yechimiga esa keyinroq to‘xtalamiz.
Asarni boyitgan va insonni tabiat bilan yanada yaqinroq muloqotga undagan narsa bu ukkubola homiladorlik vaqtida oltin Mekre balig‘iga boshqorong‘u bo‘lishida. U shu baliqni ko‘rishni, qo‘liga olib uni bir marta bo’lsa xam siypalashni juda-juda istaydi. Edigey ayolining xohishini bajarish uchun dengizga chiqib ming mashaqqat bilan oltin mekre balig’ini tutib keladi.
«... Ukkubola bolani ko‘targandek baliqni ikki qo‘llab ko‘tarib ko‘ksiga bosdi.
-Sulkillaganini- yey!- deya xitob qildi u baliqning barq urib turgan ichki kuchini sezgan holda.
-Og’irligini qara- ya! Shundoqqina Dengizning hidi kelib turibdi. Go‘zalligini aytmaysanmi! Ma, Edigey, minnatdorman, juda minnatdorman. Murodimga yetdim. Uni tezroq suvga qo’yib yubor!...»
Endi esa Edigeyni Zarifaga oi lali bir ayolga bo‘lgan sevgisi haqida so‘zlasak. Yozuvchi asarda Edigeyni sev- gisi bilan kurashishga va uni yengishni o‘ziga qo’yib beradi. Inson sevgisini yenga oladimi? Unga qarshi kurasha oladimi? degan savol tug‘ilishi tabiiy kitobxonda. Yo‘q, u bunga ojiz. Insonni faqat bu tuyg‘udan tabiat qaytarishi mumkinligiga voqealar rivoji orqali guvox bo‘lasiz. Agar inson insonga yordam bera olganida Edigey do’sti va qo’shnisi Kazangapni Zarifadan voz kechish haqidagi maslahatlariga amal qilgan bo‘lardi. Zarifa ham Edigeyni sevgisiga befarq bo‘lmaydi.
Uning ko‘nglida ham Edigeyga nisbatan muhabbat uyg‘onadi. Ammo ayol bu tuyg‘uni o‘z hayotidagi qiyinchiliklarga almashadi. Ya’ni bolalarini olib ovuldan uzoq- uzoqlarga ketib qoladi. Edigey uning ortidan bormoqchi, ko‘nglini Zarifaga ochmoqchi bo‘ladi. Ammo...
Edigeyni sevgi iztirobiga berilib Ukkubolani tashlab ketish, oilasini parokanda qilish haqidagi o‘ylaridan uning Qoranor ismli tuyasi qutqarib qoladi. Yodingizda bo‘lsa Kazangap Edigeyga Koranorni burniga zanjir o‘tkazib nuxtalashni maslahat beradi. Ammo Edigey uni ozod yashashini istaydi. Yillar o‘tib Koranor Edigeyga bu yaxshiligini yaxshilik bilan qaytaradi. Ya’ni Zarifani sevib, boshi aylanib yurgan Edigeyni bu azobdan kutulishiga yordam beradi. Edigey qochib ketgan tuyasini ushlab olib uni qamchisi bilan rosa savalaydi. Qoranor Edigeyni lol qoldirib uni dashtda rosa sudrab aylantiradi. Qoranor Edigeyni qo‘lidan qochib ketadi. Va bir necha kundan so‘ng ilikib yurib, hovuridan tushgach, shaldiragan, qoq suyak bir ahvolda Edigeyning yoniga kaytib keladi. Demak, bu Edigeyning Ukkubola va bolalari bag’riga qaytishiga ishora edi.